Japarov Rahmonning oldiga bordi
Olam
−
08 iyul 7637 1 daqiqa
Bugun, 8 iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezident Sadir Japarov davlat tashrifi bilan Tojikistonga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident borti Dushanbe shahridagi aeroportga qo‘ngan va uni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kutib olgan. Ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro salomlashgach, ularni milliy libosdagi yigit-qizlar kutib olgan. Shundan so‘ng davlat rahbarlari uchun 500 nafardan ortiq artistlar ishtirokida qisqacha konsert dasturi namoyish etilgan.
Tashrif doirasida Prezident Imomali Rahmon bilan ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, Tojikiston parlamentining ikki palatasi spikeri va bosh vaziri bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, tashrif doirasida qirg‘iz-tojik iqtisodiy va investitsion forumi hamda ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokida “Abadiy do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tadi.