Japarov Putinga “podxod” qildi
Olam
−
16 Sentabr 2022
17549Moskva – Bishkekning asosiy strategik ittifoqchisi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun, 16 sentyabr kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Rossiya an’anaviy ravishda bizning yetakchi savdo-iqtisodiy hamkorimiz va asosiy strategik ittifoqchimiz bo‘lib kelgan”, deydi Japarov.
U Putinni ko‘rganidan juda xursand ekanligini qo‘shimcha qildi.
Qirg‘iziston Prezidenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining o‘sish sur’atlari, ikki tomonlama rivojlanish jamg‘armasi ko‘magida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
“Bugungi kunda Jamg‘arma umumiy qiymati 440 million dollar bo‘lgan 3200 ta loyihani ma’qulladi”, deya tushuntirdi Japarov.
Shuningdek, u Qirg‘izistonda rus tilida o‘qitiladigan umumta’lim maktablarini tashkil etish borasidagi ishlarga e’tibor qaratgan.
“Ishonchim komilki, bugungi uchrashuvimiz Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga yordam beradi”, deydi Japarov.
LiveBarchasi