Japarov Putindan Tojikiston masalasida yordam so‘radi
Olam
−
17 Oktabr 2022
11011Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Tojikiston bilan chegaralar masalasini hal qilishda yordam so‘radi. Bu haqda Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Qirg‘iziston Prezidentining iltimosini Qirg‘iziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov mahalliy radiostansiyalardan birining efirida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlarining Ostonadagi uch tomonlama uchrashuvida Japarov Putinga murojaat qilgan.
“Bularning barchasi o‘z vaqtida qabul qilingan qaror tufayli sodir bo‘layotgani haqida ochiq suhbat bo‘ldi. Japarov Putindan chegara muammolarini hal qilishda yordam berishni so‘radi. “Ehtimol, yordam berarsiz, chunki buni hal qilishimiz qiyinlashmoqda”, dedi. Rossiya tomoni yaxshilab o‘ylab ko‘rishga va yakuniy javob berishga va’da berdi”, deydi Imonqulov.
U barcha tafsilotlarni bilmasligini, biroq Qirg‘iziston prezidenti bu borada intervyu berishi mumkinligiga ishonishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada Vladimir Putin, Imomali Rahmon va Sadir Japarov Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash sammiti doirasida muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlaridag keskinlik muhokama qilindi.
LiveBarchasi