Japarov Putin va Mirziyoyev bilan gaplashib olmoqchi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan sammiti doirasida Qirg‘iziston va Rossiya Prezidentlari Sadir Japarov va Vladimir Putinning ikki tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 13 sentyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati Tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimboqiyev ma’lum qilgan. 

“Prezident Sadir Japarov shu kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi”, deyiladi xabarda. 

Azimboqiyevning ta’kidlashicha, SHHT sammitida atrof-muhit muammolari, xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi, energetika xavfsizligi va boshqa dolzarb masalalarga katta e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shayxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin ShHT Sadir Japarov

Baholaganlar

258

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing