Japarov Putin bilan ko‘rishish uchun jo‘nab ketdi 

Olam

image

Bugun, 24 may kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Sochiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.  

Uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari, shuningdek koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar va Qirg‘iziston davlatiga Rossiya vaksinalarini yetkazib berish masalalarini muhokama qiladilar. 

Japarovga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Prezident ma’muriyati Tashqi siyosat bo‘limi rahbari Dastan Dushekeyev va Rossiyadagi elchi Gulnora-Klara Samat hamrohlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Japarov

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing