Japarov Mudofaa vaziri o‘rinbosarini ishdan oldi
Olam
−
09 iyul 5831 1 daqiqa
Polkovnik Vladimir Jumaliyevich Shodikanov Qirg‘iziston Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kecha, 8 iyul kuni Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu qaror Qirg‘iziston Konstitutsiyasining 70-moddasi 8-qismi (Prezident Xavfsizlik Kengashini tuzadi va unga rahbarlik qiladi) va 71-moddasi (Prezident o‘z vakolatlarini Qirg‘iziston Respublikasining butun hududida majburiy bo‘lgan farmon va farmoyishlar qabul qilish orqali amalga oshiradi) asosida qabul qilingan. Tegishli farmoyish Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolangan. Ammo vazirning ishdan olinish sabablari keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, Shodikanov ushbu lavozimga 2025 yil 16 yanvarda tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Roman Starovoytni Rossiya Federatsiyasi Transport vaziri lavozimidan ozod qilgandi. Starovoitni ishdan bo‘shatish sabablari aytilmagan. Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, Putin Novgorod viloyati sobiq gubernatori Andrey Nikitinga Rossiya Transport vazirligi rahbari vazifasini bajarishni topshirgan.
Bu orada esa Roman Starovoyt o‘z joniga qasd qilgani xabar qilindi. Rossiyaning sobiq transport vaziri Roman Starovoytning jasadi Myakinino qishlog‘idagi uyidan topildi.
Live
Barchasi