Putin vazirini ishdan bo‘shatdi. U esa joniga qasd qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Roman Starovoytni Rossiya Federatsiyasi Transport vaziri lavozimidan ozod qildi. Tegishli farmon bugun, 7 iyul kuni normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi va imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kirdi.

Starovoitni ishdan bo‘shatish sabablari aytilmagan. Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, Putin Novgorod viloyati sobiq gubernatori Andrey Nikitinga Rossiya Transport vazirligi rahbari vazifasini bajarishni topshirgan.

Bu orada esa Roman Starovoyt o‘z joniga qasd qilgani xabar qilindi. Rossiyaning sobiq transport vaziri Roman Starovoytning jasadi Myakinino qishlog‘idagi uyidan topildi. 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Starovoytning o‘z joniga qasd qilishi ehtimoliy jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, Kursk viloyatining sobiq rahbari Aleksey Smirnov (bundan avval uning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan) Roman Starovoytga qarshi ko‘rsatma bergan”, deya xabar berdi “Baza” kanali.

“Mash” kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Starovoyt ayniqsa katta hajmdagi firibgarlikda gumon qilingan. Sobiq transport vaziriga savollar uning bosh pudratchisi Kursk viloyatini rivojlantirish korporatsiyasi bo‘lgan Kursk viloyati tezkor shtabining qarorini imzolagani sababli paydo bo‘lgan. Unga byudjetdan 19 milliard sarflash va subpudratchilarni o‘zi tanlashga ruxsat berilgan.

Aleksey Smirnovdan tashqari  Kursk viloyatini rivojlantirish korporatsiyasi bosh direktori Vladimir Lukin va deputat Maksim Vasilev ham Starovoytga qarshi guvohlik bergan. Hozirda ularning barchasi tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Roman Starovoyt 2024 yilning may oyidan beri Rossiya transport vazirligini boshqargan. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab u hozirda Aleksandr Xinshteyn egallab turgan Kursk viloyati gubernatori lavozimida ishlagan. 2012 yildan 2018 yilgacha u Transport vazirligiga bo‘ysunuvchi Federal yo‘l agentligini (Rosavtodor) boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Roman Starovoyt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing