Japarov Qirg‘izistonning yangi hukumatini tuzdi

Olam

image

Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste’foga chiqarish bo‘yicha farmon imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 5 may kuni Sadir Japarov 2021 yil 11 aprelda referendum orqali qabul qilingan “Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida bir qator farmonlar imzoladi.  

Imzolangan farmonlarga ko‘ra:

  • Maripov Ulug‘bek Asamidinovich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi etib tayinlandi va u avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Novikov Artem Eduardovich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va u avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Bakashova Yulduz Kemelovna Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi;
  • Karmishakov Ulug‘bek Toychuyevich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi hamda u avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Diykanbayev Azamat Abdilmalikovich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish vaziri etib tayinlandi;
  • Omuraliyev Taalaybek Bariktabasovich Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa vaziri etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  • Qozoqbayev Ruslan Aitbayevich Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  • Chinbayeva Asel Rispekovna Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Beyshenaliyev Olimqodir Savirdinovich Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Kupeshev Bolotbek Dushekovich Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri etib tayinlandi;
  • Imanaliyev G‘ayrat Oljobayevich Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Ajikeyev  Boobek Ergeshevich Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  • Niyozbekov Ulan Omokanovich Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Abdraliyeva Gulmira Kurmanbekovna Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Turdubayev Kubanichbek Apishevich Qirg‘iziston Respublikasi Energetika va sanoat vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Janibekov Askarbek Saparbekovich Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Shikmamatov Almambet Nasirkanovich Qirg‘iziston Respublikasi Investitsiyalarini targ‘ib qilish va himoya qilish vaziri etib tayinlandi;
  • Kutmanova Dinara Asiyevna Qirg‘iziston Respublikasi Ekologiya va iqlim bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi etib tayinlandi;
  • Toshiyev Qamchibek Kidirshayevich Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining raisi etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing