Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste’foga chiqardi
Olam
−
12 Oktabr 2021
10365Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi. Ammo amaldagi hukumat tarkibi yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguncha ishini davom ettiradi.
Shu bilan birga Prezident Oqilbek Japarovni Qirg‘iziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. U bu lavozimda Ulukbek Maripovning o‘rinin egalladi.
Bu o‘zgarishlar kecha Sadir Japarov imzolagan Vazirlar Mahkamasining maqomi to‘g‘risidagi qonunning kuchga kirishi bilan bog‘liq.
Hujjatga ko‘ra, Bosh vazir bir vaqtning o‘zida Prezident Administratsiyasining ham rahbari bo‘ladi. Davlat rahbari esa o‘z xohishiga ko‘ra yoki parlament va Xalq qurultoyi fikrini inobatga olib, istalgan vazirni ishdan olishi mumkin.
LiveBarchasi