Japarov iste’foga chiqadi. Agar...

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda joriy yilning 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari soxtalashtirish yo‘li bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Japarovga ko‘ra, Qirg‘izistondagi parlament saylovlariga ham mahalliy, ham xalqaro kuzatuvchilar yuqori baho bergan.

“Agar qonunbuzarliklar bo‘lsa, Qirg‘izistonda ovozlar o‘g‘irlangan deb butun dunyoga jar solishardi. Bizda 31 ming uchastka saylov komissiyasi a’zosi bor. Tasavvur qiling ular tunda byulleten bilan yugurishyapti. Agar MSK, barcha uchastka saylov komissiyalari a’zolari hokimiyat tomonidan bosim bo‘lgani va ular ovozlarni soxtalashtirishga to‘g‘ri kelganini e’lon qilsa, men darhol iste’foga chiqaman. Asosiy protokolga ilovalarni qayta yozish tartibi har bir saylovda amal qiladi, chunki ularda xatolar bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, ovoz berishda byulletenlarning to‘g‘ri to‘ldirilganligi”, deydi Sadir Japarov.

Davlat rahbari yutqazgan partiyalar jamiyatni oyoqqa turg‘azish uchun bahona qidirayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Hattoki texnik muammolar, server qanday ishlashi haqida hech narsani tushunmaydiganlar ham baqirmoqda. Mag‘lubiyatga uchraganlar hamma narsani to‘g‘ri hisoblaganini juda yaxshi bilishadi, lekin ularga sabab kerak. Hozir texnologiya davri. Ovozlarni o‘g‘irlash mumkin emas. Bunday holatlar 1990-2000 yillarda bo‘lgan. Keyin byulletenlarni qo‘lda sanab, bir nomzod uchun ovozni boshqasiga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘lgan va bu tasodifan bo‘lganini aytgan. Hozir esa Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tekshiradi. Jinoyatchilar esa javobgarlikka tortiladi”, deya xulosa qilgan Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda joriy yilning 28 noyabrida o‘tkazilgan parlament saylovida qonun buzilishi faktlari bo‘yicha 20 dan ortiq jinoiy ish ochilgan. Saylovda qatnashgan beshta partiya natijalarni tan olmasligini, natijalar soxtalashtirilgan degan fikrdaligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

653

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing