Japarov: Ekstremistik harakatlar Islomning qadr-qimmatiga putur yetkazdi

Olam

image

So‘nggi paytlarda diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi, Islomning yorqin g‘oyalarini yashirgan turli xil harakatlar uning qadriyatlariga putur yetkazdi va bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun xavf tug‘dirmoqda. 

Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayyon (BAA) xayriya va gumanitar jamg‘armasi bosh direktori Hamad Salem Kardus Al-Amerini qabul qilar ekan aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra,  diniy ta’lim va o‘qitish sifatini akademik darajada oshirish ushbu tahdidning oldini olishga yordam beradi. 

Japarov hozirgi paytda diniy ta’lim Qirg‘iziston uchun ham dolzarb muammo ekanligini ta’kidlagan. Uning yechimi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni talab qiladi. Davlat rahbari Tokmok shahrida Islom akademiyasini qurish loyihasini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun fondga minnatdorlik bildirdi. 

Sadir Japarov ushbu loyiha Qirg‘iziston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha turtki bo‘lishiga ishonadi va samarali hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini ta’kidladi. 

Hamad Salem Kardus Al-Ameri Islom akademiyasining qurilishi haqida ma’lumot berdi, buning uchun Tokmakda 2 gektar yer maydoni ajratilgan. 

2020 yilda poydevor qo‘yish rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli loyihani boshlash kechiktirilgan. 

Tokmokda akademiyaning kelajakdagi binosi poydevori ostiga kapsula qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tgan. U yerda 200 kishi tahsil olishi kutilmoqda, ulardan 150 nafari magistratura va doktoranturada tahsil oladi. Yana 50 ta joy tayyorgarlik kurslari va malaka oshirish kurslariga ajratilgan. 

Oliy ta’lim muassasasi diniy fanlarni chuqur o‘rganishni o‘z ichiga olgan dunyoviy ta’limdan iborat magistratura va doktorantura dasturlari uchun aralash ta’lim beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing