Japarov davlat xizmatchilarini qirg‘iz tilida gapirishga majburlovchi qonunni imzoladi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan barcha davlat xizmatchilariga qirg‘iz tilini bilish majburiyatini yuklovchi qonunni imzoladi. Bu haqda respublika rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iz Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi”, deyiladi xabarda.

Yangi qonunga ko‘ra, bundan buyon davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha mulkchilik shaklidagi korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatida qirg‘iz tili qo‘llanilishi kerak. Qo‘shma, xorijiy tashkilotlarning nomlari endi davlat tiliga transliteratsiya qilingan holda yozilishi kerak. Teleradiokompaniyalar, shu jumladan, xususiy tashkilotlar o‘z ko‘rsatuvlarining kamida 60 foizini davlat tilida ko‘rsatishi shart.

Barcha davlat xizmatchilari, shu jumladan deputatlar, Milliy bank xodimlari, harbiy xizmatchilar, sudyalar, prokurorlar, advokatlar, notariuslar, barcha mulkchilik shaklidagi ta’lim muassasalari xodimlari va tibbiyot xodimlari davlat tilini bilishi va o‘z xizmat vazifalarini bajarishda undan foydalanishi shart. 

Shunga qaramasdan, Qonunning 2-moddasida Qirg‘izistonda rus tili rasmiy til sifatida qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. 

“Davlat tilidan foydalanish Qirg‘iz Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qirg‘iziston o‘z hududida yashovchi barcha millat vakillari tillaridan erkin foydalanish tamoyiliga amal qiladi va bu tillarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratilishini kafolatlaydi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, respublikada davlat tili qirg‘iz tili bo‘lib, rus tili konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan rasmiy til maqomiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov qirg'iz tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing