Japarov administratsiyasida korrupsion sxema aniqlandi (video)
Olam
−
19 Oktabr 2021
16687Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati mulozimi 21 mln so‘mdan ortiq pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining Afv etish bo‘yicha komissiyasi mas’ul kotibi Taalaybek Apenov mahkumni muddatidan oldin ozod qilish uchun tovlamachilik qilgan. Mansabdor shaxs kecha, 18 oktyabr kuni 170 ming som pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
“Afv etilishi va qamoqdan muddatidan oldin ozod etilishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini tuzish va tasdiqlashda korrupsiya sxemasi o‘rnatilgan”, deyilgan xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi