Janubiy Sudanda chorvadorlar va dehqonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvda 39 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
03 fevral
4392Janubiy Sudanda chorvadorlar va dehqonlar o‘rtasida o‘tloq yerdagi kelishmovchilik tufayli kelib chiqqan to‘qnashuvda 39 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiyasi matbuot kotibi Elayj Mabor Makuach matbuot bayonotida ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Varrap va Ko‘lli mintaqalarida chorvadorlar va fermerlar o‘rtasida yer kelishmovchiligi sababli to‘qnashuvlar bo‘lgan. Oqibatda 39 kishi halok bo‘lgan, 52 kishi esa jarohat olgan.
Hududga xavfsizlik kuchlarining safarbar etilganini aytgan Makuach, to‘qnashuvlar chorvadorlar to‘dalarining qishloq xo‘jalik yerlariga bostirib kirishi sababli sodir bo‘lganini aytgan.
Janubiy Sudanda qabilalar o‘rtasida yaylovlar masalasida tez-tez kelishmovchiliklar bo‘lib turadi.
2011 yilda Sudandan mustaqilligini e’lon qilgan Janubiy Sudanda Prezident Salva Kiir Mayardit 2013 yil 16 dekabrda o‘z o‘rinbosari Riyek Macharni to‘ntarishga urinishda ayblab, hokimiyatdan chetlatganidan so‘ng fuqarolar urushi boshlanib ketgandi.
Yillab davom etgan urushlardan so‘ng, 2018 yilda tomonlar tinchlikka imzo chekkaniga qaramay, mamlakatda turli qabila va guruhlar o‘rtasida zo‘ravonlik davom etmoqda, bu yerda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashning iloji bo‘lmayapti.
LiveBarchasi