Janubiy Osetiyaning Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum qoldirildi

Olam

image

Tan olinmagan Janubiy Osetiya Prezidenti Alan Gagloyev respublikaning sobiq rahbari Anatoliy Bibilovning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonini Moskva bilan maslahatlashuvlar yakunlanmaguncha to‘xtatdi. Gagloyev tegishli hujjatni imzolagan.

Bundan tashqari, Gagloyev o‘z farmoni bilan Rossiya Federatsiyasi bilan maslahatlashuvlar uchun Janubiy Osetiya Respublikasi delegatsiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlagan. Gagloyevdan tashqari uning tarkibiga parlament spikeri Alan Tadtayev, Oliy sud raisi Olesya Kochiyeva, Markaziy saylov komissiyasi raisi Emiliya Gagiyev, Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Medoyev, Prezidentning davlat maslahatchisi Konstantin Kochiyev va boshqalar kirgan. Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tan olinmagan Janubiy Osetiyaning sobiq rahbari Bibilov joriy yilning 30 mart kuni respublika Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun qonuniy choralar ko‘rishini aytdi. 13 may kuni Janubiy Osetiya Markaziy saylov komissiyasi sobiq Prezident Bibilovga respublikaning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasidagi hujjatlar to‘plamini ma’qullagan va unga yuborgandi. U o‘z farmoni bilan umumxalq referendumini 17 iyulga tayinlagan.

Janubiy Osetiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Alan Gagloyev TASS agentligiga bergan intervyusida, referendum Moskva buning vaqti kelganini ko‘rsatsa, o‘tkazilishi kerakligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Osetiya

Baholaganlar

147

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing