Janubiy Osetiya Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha referendum kunini belgiladi
Olam
−
14 may 2022
8296Janubiy Osetiya Prezidenti Anatoliy Bibilov o‘z farmoni bilan respublikaning Rossiya tarkibiga kirishi masalasi bo‘yicha referendumni joriy yilning 17 iyuliga tayinladi.
“Janubiy Osetiya Respublikasi xalqining Rossiya bilan qayta birlashishga bo‘lgan tarixiy istagidan kelib chiqib, Janubiy Osetiya Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qaror qilaman: Janubiy Osetiya Respublikasining “Siz Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyani birlashishini qo‘llab-quvvatlaysizmi?” degan savol bo‘yicha referendumi belgilansin”, deyiladi farmonda.
Referendum sanasi 2022 yil 17 iyulga belgilangan.
Kecha, 13 may kuni Bibilov referendum bo‘yicha hujjatlarni Janubiy Osetiya Oliy sudiga yuborgan.
“Bugun MSK Janubiy Osetiyani Rossiya tarkibiga qo‘shish tashabbusini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Hujjatlar sudga topshirildi. Biz sud qarorini kutmoqdamiz va katta orzuimiz tez orada amalga oshadi”, deb yozadi Bibilov o‘zining Telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Janubiy Osetiyani umumiy tarix bog‘lab turadi.
“Bu shunchaki sheriklik yoki do‘stlik emas. Aksincha, bu ikki aka-uka o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar bo‘lib, bunda aka doimo tushunib, so‘z va amalda qo‘llab-quvvatlaydi, uka esa kattani hurmat qiladi va yordam beradi. Shu bilan birga, o‘zini-o‘zi ta’minlash va hamma uchun huquqlar tengligi to‘liq anglab yetilgan. Birlashish vaqti keldi”, deb ta’kidlaydi u.
Joriy yilning 30 mart kuni Bibilov Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15