Janubiy Koreyaning o‘limga hukm qilingan sobiq Prezidenti vafot etdi
Olam
−
23 noyabr 2021
13488Koreya Respublikasining sobiq Prezidenti Chon Du Xvan 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Chon Du Xvan bugun, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 08:40 (Toshkent vaqti bilan 04:40) da Seuldagi uyida vafot etgan. Agentlikning qayd etishicha, sobiq Prezident surunkali kasalliklardan aziyat chekkan.
Ma’lumot o‘rnida, Chon Du Xvan 1979 yilda harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatga kelgan va 1988 yilgacha mamlakatni boshqargan. 1996 yilda u sud tomonidan o‘limga hukm qilingan, ammo keyin hukm umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirilgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, o‘sha paytdagi Prezident Kim De Chjun uni afv etgan.
LiveBarchasi