O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida mamlakat Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, muzey ekspozitsiyasi orqali  asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida o‘rin tutib kelgan Choson qirollik sulolasining  asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishish mumkin.

O‘zbekiston Birinchi xonimiga sulola vakillarining qadimiy qo‘lyozmalari va she’riy asarlari, an’anaviy liboslar hamda o‘sha davrning turmush tarzi, an’analari va badiiy merosini aks ettiruvchi saroy madaniyatiga oid boshqa eksponatlar namoyish etilgan.

Muzey ekspozitsiyasi bilan tanishgandan so‘ng, Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazgan.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Koreya xalqlarini ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy mushtaraklikka asoslangan uzviy rishtalar bog‘lab turishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi. Keyinroq Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Prezidentlar huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing