Janubiy koreyalik faollar KXDRga dollar va fleshka bilan to‘ldirilgan sharlar uchirdi

Olam

image

Janubiy koreyalik faollar kecha, 6 iyun kuni Shimoliy Koreyaga turli yuklar solingan o‘nta katta shar uchirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

So‘nggi kunlarda Janubiy Koreyaga chiqindi va go‘ng bilan to‘ldirilgan mingdan ortiq shar jo‘natgan Shimoliy Koreya rasmiylarining harakatlariga “Ozod Shimoliy Koreya uchun kurashchilar” harakati xuddi shu tarzda javob qaytardi.

Faollarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaga yuborilgan havo sharlarida Shimoliy Koreya rejimini tanqid qiluvchi 200 mingga yaqin varaqalar, 2 ming dollar miqdordagi 1 dollarlik kupyuralar, shuningdek, pop musiqasi yuklangan 5 ming flesh-disk bo‘lgan. 

Shuni aytish lozimki, Shimoliy Koreyaga bunday yuk birinchi marta yuborilayotgani yo‘q. Ko‘p yillardan buyon janubdagi qochqinlar harakati shimoldagi qo‘shnisiga oziq-ovqat, dori-darmon, radio, gazeta va varaqalar jo‘natib keladi. Shimoliy Koreya rahbariyatining go‘ng va axlat bilan yaqinda qilgan ishi ularning ushbu harakatlarga javob bo‘lgandi. 

Janubiy Koreya faollari Shimoliy Koreya rahbariyatining tahdidlari va Janubiy Koreya rahbariyatining bunday qilmaslik haqidagi doimiy iltimoslariga qaramay, davom etish niyatida ekanliklarini aytishdi. Sharlar bilan bog‘liq hodisalarning kuchayishi ikki davlat o‘rtasidagi usiz ham qiyin bo‘lgan munosabatlarni keskinlashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat to‘ldirilgan havo sharlarini yuborishni to‘xtatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made