Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
03 dekabr 2024 14931 1 daqiqa
Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinishi ortidan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qildi.
“Hurmatli vatandoshlar! Xabaringiz bor, 3 dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi. Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz”, deyiladi bayonotda.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilish so‘ralgan:
- +82 10 3213 4505
- +82 10 2909 4334
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e’lon qilgandi. Buning ortidan mamlakatda parlament va siyosiy partiyalar faoliyati to‘xtatilib, qonunchilik organi binosiga kirish harbiylar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025