Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida kuchli portlash bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
10:32 1377 1 daqiqa
Bugun, 1 iyun kuni Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi mudofaa sanoati korxonalaridan birida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:59 da sodir bo‘lgan. Portlashdan so‘ng zavod hududida yong‘in kelib chiqqan.
Mamlakat Prezidenti Li Chje Myon voqea yuzasidan barcha mavjud resurslarni safarbar etib, qutqaruv ishlarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.
Hozirda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Mutaxassislar yong‘in to‘liq o‘chirilgach, qurbonlar soniga aniqlik kiritishi va hodisa sabablarini o‘rganishni boshlashi kutilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash zavodning birinchi qavatida raketa dvigatellari uchun ishlatiladigan yoqilg‘ining alangalanishi oqibatida yuz bergan.
Mahalliy huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan tergov boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanmaning shimoli-sharqida joylashgan Kaungtup qishlog‘ida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi