Janubiy Koreyada yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga jo‘natildi

Jamiyat

image

Joriy iylning 9 may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida o‘zbekistonlik talaba F.M. (1996 yilda tug‘ilgan) halok bo‘lgan yana bir talaba M.Yu. esa jiddiy jarohatlangan. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasiga ko‘ra, yong‘in natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi F.M. ning jasadi Toshkentga jo‘natilgan.

Yong‘in chog‘ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba M.Yu. (1997 yilda tug‘ilgan) esa, “Hanil” kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 11 may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga yetib keldi hamda M.Yuldashev ta’lim olgan  “Hankuk” universiteti ko‘magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi paytda Janubiy Koreya tomoni yong‘inning barcha sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing