Janubiy Koreyada uch qo‘mondon lavozimidan chetlatildi

Olam

image

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi o‘z harbiy rahbariyatining uch a’zosi – kontrrazvedka qo‘mondoni Yo In Xyon, maxsus kuchlar qo‘mondoni Kvak Jung Geun va Seul mudofaa qo‘mondoni Li Jin Vuni Prezident Yun Sok Yolga yordam berganlikda ayblab, lavozimidan chetlatdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

“Poytaxt mudofaasi qo‘mondonligi boshlig‘i general-leytenant Li Jin Vu, Armiya maxsus urush qo‘mondonligi boshlig‘i general-leytenant  Kvak Jung Geun va kontrrazvedka qo‘mondoni general-leytenant Yo In Xyon boshqa bo‘linmalarga o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.

Bu harakat harbiy holatni amalga oshirishdagi harbiylarning roli va muxolifatning asosiy bloki tomonidan yana bir harbiy holat e’lon qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tanqid qilingan bir paytda amalga oshirilgan.

Qolaversa, vazirlik bayonotida harbiy prokurorlar, shuningdek, Adliya vazirligiga davlatga xiyonat va harbiy holat bilan bog‘liq boshqa ayblovlar qo‘yilgan 10 nafar harbiy amaldorning, shu jumladan, uch qo‘mondonning ham chetga chiqishini taqiqlash kerakligi haqida aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Yun Sok Yol kutilmagan qaror bilan favqulodda harbiy holat e’lon qilgandi, biroq bir necha soat o‘tib, ushbu harbiy holat bekor qilindi

Keyinroq esa Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol ma’muriyati rahbariyati harbiy holatning kiritilishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyat fonida bir vaqtning o‘zida iste’foga chiqqani ham ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya qo'mondon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing