Janubiy Koreyada tug‘ilish rekord darajada tushib ketdi

Bu qiziq

image

Janubiy Koreyada tug‘ilish ko‘rsatkichi rekord darajada tushib ketdi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya aholisi ketma-ket to‘rtinchi yil qisqarib, tug‘ilish va nikohlar soni ham keskin kamaygan. Bir ayolga o‘rtacha tug‘ilish soni 0,72 ga tushgan, bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichdir.

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 230 ming nafarni tashkil etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 ming nafarga kam.

Agar tug‘ilish ko‘rsatkichlari shu holatda pasayib borsa, 2100 yilga kelib aholi soni deyarli ikki baravar kamayib, 26,8 millionni tashkil etishi mumkin.

Shuningdek, 2006 yildan beri hukumat er-xotinlarni ko‘proq farzand ko‘rishni rag‘batlantirish dasturlariga 270 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan, naqd grantlar, bolalar parvarishi xizmatlari va tug‘ilishni davolashga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Moliyaviy va boshqa rag‘batlar farzand tarbiyasi uchun xarajat va mulk narxining keskin oshib borayotgani, yaxshi maoshli ish o‘rinlarining yo‘qligi va mamlakatdagi shafqatsiz ta’lim tizimi ko‘p bolali oila qurishga to‘siq bo‘layotganidan shikoyat qilayotgan er-xotinlarni ishontira olmadi, deyiladi xabarda.

Nikoh farzand ko‘rishning zaruriy sharti sifatida ko‘riladi, ammo turmush qimmatligi tufayli nikohlar soni kamayib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Statistika agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 2023 yilda mamlakat aholisi 52 milliondan pasayib ketgandi. Aholining 18,4 foizini qariyalar tashkil qilgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing