Janubiy Koreyada robot odamni o‘ldirib qo‘ydi

Texnologiya

image

Janubiy Koreyada robot odamni sabzavot qutisidan ajratolmay, uni ezib tashladi. Oqibatda u vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Qayd etilishicha, robototexnika kompaniyasining taxminan 40 yoshli xodimi robotni tekshirayotgan bo‘lgan, bir kun avval uning sensori ishlamay qolgan.

Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabariga ko‘ra, robot qo‘l odamni bir quti sabzavot bilan adashtirib, uni ushlab, konveyerga bosgan va yuzi va ko‘kragini ezib tashlagan.

Xodim shifoxonaga yotqizilgan, ammo uni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Ushbu baxtsiz hodisa qalampir yetishtiruvchi zavodda sodir bo‘lgan.

Voqeadan so‘ng bergan bayonotida zavodga egalik qiluvchi Donggoseong qishloq xo‘jaligi eksporti majmuasi rasmiysi aniq va xavfsiz tizim yaratishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Koreya fan va texnologiya instituti muhandislari va tadqiqotchilaridan iborat guruh samolyotni boshqarishga qodir odamsimon robotni yaratayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing