Janubiy Koreyada parranda grippi “qurbonlari” soni tobora oshmoqda
Olam
−
01 fevral 2021 4897 1 daqiqa
Janubiy Koreya hududida H5N8 parranda grippining kamida 82 ta "o‘chog‘i" aniqlangan. Kasallikning oldini olish uchun rasmiylar 24 million boshdan ortiq parrandalarni yo‘q qilgan.
Respublikaning Oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, parranda grippining so‘nggi to‘lqini Kengido viloyati Anson shahridagi parrandachilik fermasida qayd etilgan.
Profilaktika chorasi sifatida Janubiy Koreya Hukumati 2020 yil noyabridan boshlab parrandalarni yo‘q qilishga buyruq bergan. Ayni paytda "qurbonlar" soni 24,8 millionga yetgan.
Shu munosabat bilan Janubiy Koreyada so‘nggi bir hafta ichida tovuq tuxumining narxi 2020 yilning shu davriga nisbatan 38,8 foizga o‘sgan.
Tovuq go‘shti 15,7 foizga, o‘rdak go‘shti esa 35,4 foizga qimmatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada ham 2020 yil noyabr oyining boshlarida parranda grippi epidemiyasi qayd etilgan edi.
Live
Barchasi