Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga imkoniyat berildi
Olam
−
16 fevral 2024 8440 1 daqiqa
Janubiy Koreyada noqonuniy (nolegal) bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigratsiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.
Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkin.
Immigratsiya xizmati ma’lum qilishicha, noqonuniy bo‘lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Janubiy Koreyaga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Agentlik o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreya migratsiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga o‘tmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirgandi.
Live
Barchasi