Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Janubiy Koreyada qurilayotgan metro liniyasi qulab tushdi

Olam

image

Bugun, 11 aprel kuni Janubiy Koreyaning Kvanmyon shahridagi metro qurilishida tunnel qulab tushdi, buning oqibatida ikki ishchi g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Korea JoongAng Daily” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 15:40 atrofida, hokimiyat tayanch konstruksiyasidagi yoriqlar tufayli ishlarni to‘xtatish va ishchilarni maydondan evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘lgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, xodimlar evakuatsiya qilingani va Yandji (Kvanmyonda) va Xoxyon (Anyanda) chorrahalari o‘rtasidagi bir kilometrga yaqin yo‘l qismi yopilganiga qaramay, ikki ishchi bilan aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmagan – ularning qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda.

Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, yo‘llar, savdo va ofis binolariga qattiq shikast yetgan. Ikki nafar bedarak yo‘qolganlardan tashqari qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk ko‘taruvchi ustundagi yoriqlar haqidagi birinchi xabarlar tushga yaqin kelib tushgan.

Avariya Iljik-dong tumanidagi Sinansan yangi metro liniyasi qurilish uchastkasida sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dominikan Respublikasida tungi klub tomining qulashidan 98 kishi halok bo‘lgandi. Hodisa oqibatida yana 146 kishi jarohat olib, shifoxonalarga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing