Janubiy Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanishi mumkin
Olam
−
18 noyabr 2023
3961Janubiy Koreyada itlarni so‘yish va go‘shtini sotish butunlay taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati va "Xalq kuchi" partiyasi yil oxirigacha it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun qabul qilmoqchi.
"Jamiyatimizda uy hayvonlari sonining oshib borayotgani va xalqaro me’yorlardan kelib chiqib, it go‘shti iste’moliga chek qo‘yish vaqti keldi", deydi deputat Yu Yi Don.
Qonunga ko‘ra, 2027 yildan boshlab itlarni so‘yish va go‘shtini sotish butunlay taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, it fermalari, so‘yish joylari, chakana savdo do‘konlari va restoranlari mahalliy hokimiyatlarga it go‘shtidan bosqichma-bosqich voz kechish rejasini taqdim etishi talab qilinadi. Bunday reja taqdim etilgan taqdirda, biznes qo‘llab-quvvatlanadi.
Bir necha yillardan beri it go‘shtini taqiqlash g‘oyasi Janubiy Koreyada muhokama qilinadi. Shunga qaramay, an’anaviy qarashlarga ega bo‘lgan ba’zi odamlar bunga qarshi chiqib, it go‘shti koreys oshxonasining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlashadi.
LiveBarchasi