Janubiy Koreyada bolalarda Kavasaki sindromi aniqlanmoqda. U qanday kasallik?

Olam

image

Janubiy koreyalik shifokorlar mamlakatdagi bolalarda Kavasaki sindromining ikkita holatini tasdiqlashdi. Bu haqda bugun, 3 iyun kuni “Yonhap” agentligi Koreya Respublikasi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga asoslanib xabar berdi.

Shifokorlar bir oy oldin ko‘p tizimli yallig‘lanish sindromi bo‘lgan 11 yoshli bola va to‘rt yashar qizda Kavasaki kasalligi borligini aniqlashdi.

Avval xabar qilinganidek, bolalar tuzalishdi va ularning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmayapti.

Markaz direktori Chon In Gyonning so‘zlariga ko‘ra, "ikkala bemorning koronavirusdagi test natijalari salbiy chiqqan va bolalarda infeksiya xavfi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadigan omillar mavjud emas".

Kavasaki kasalligi ko‘pincha bolalikdagi ko‘p tizimli yallig‘lanish sindromlariga o‘xshaydi. Bu isitma, qusish, bodomsimon bezlarning yallig‘lanishi, qorin og‘rig‘i, diareya, toshma va ba’zida yurak asoratlari bilan birga keladi.

Kavasaki sindromiga o‘xshash alomatlari bo‘lgan bolaning birinchi o‘limi Fransiyada qayd etildi. 7 may kuni CBS telekanali koronavirus kasalligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlari bo‘lgan bolalar bir necha kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

684

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing