Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi faraziy urush dunyoga 4 trillion dollarga tushadi – “Bloomberg”
Olam
−
29 iyul
7394Koreya Respublikasi va KXDR o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushning birinchi yili jahon iqtisodiyotiga 4 trillion dollar zarar keltirishi mumkin, bu jami jahon yalpi ichki mahsulotining 3,9 foizini tashkil qiladi. Gipotetik ssenariyning bunday baholari “Bloomberg” tomonidan taqdim etildi.
Qayd etilishicha, Koreya yarimorolida to‘laqonli urush bo‘lishi “juda dargumon”. Biroq agar mojaro yuzaga kelsa, insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlar halokatli bo‘ladi.
KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi jangovar harakatlarning birinchi yili, ushbu faraziy ssenariy tahliliga ko‘ra, jahon iqtisodiyotiga 4 trillion dollar zarar keltirishi mumkin, bu esa jahon yalpi ichki mahsulotining 3,9 foizini tashkil qiladi.
Agentlik ta’kidlashicha, bu Ukrainadagi urush oqibatlaridan “ikki baravar ko‘proq”.
“Urushda millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi “Bloomberg”.
KXDR artilleriya zonasida joylashgan poytaxt Seul hududida taxminan 26 million kishi istiqomat qiladi – Koreya Respublikasi aholisining yarmi. Agentlik Koreya Respublikasini “geosiyosiy nosozlik asosida qurilgan yarimo‘tkazgichlar zavodi” deb ataydi. Samsung Electronics dunyodagi DRAM chiplarining taxminan 41 foizini va NAND xotira chiplarining 33 foizini yetkazib beradi.
Janubiy Koreya korporatsiyasining mahsulotlari AQSHda ham, Xitoyda ham sotib olinadi. Seul va uning atrofidagi hududlar mamlakatdagi chip ishlab chiqarishning 81% va sanoat ishlab chiqarishining 34 foizni tashkil qiladi.
Agentlikning fikricha, yarimorolda urush boshlangan taqdirda Janubiy Koreyaning yarimo‘tkazgich zavodlari Shimoliy Koreya artilleriyasi va uning qisqa masofali ballistik raketalari nishoniga aylanishi mumkin.
Mojaroning birinchi yilida Koreya Respublikasi yalpi ichki mahsuloti 37,5 foizga qisqarishi mumkin edi. Agentlik tahliliga ko‘ra, Janubiy Koreya yarimo‘tkazgichlari va boshqa tovarlar eksportining qisqarishi Xitoy yalpi ichki mahsulotining 5 foizga, Amerika iqtisodiyoti esa 2,3 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin.
LiveBarchasi