Janubiy Koreya Ukrainani qayta tiklashda yordam beradi

Olam

image

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Cho Tae Yol mamlakat Ukrainani qayta tiklashda o‘z hissasini qo‘shishini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21-22 fevral kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan G20 davlatlari vazirlari yig‘ilishida urush o‘choqlari va turli provaksiyalar masalasi muhokama qilingan.  

Unda Cho Tae Yol Ukrainadagi mojaroga tezroq barham berish, G‘azo sektorida xalqaro qonunlarga rioya qilish va Qizil dengizdagi provokatsiyalarni to‘xtatish zarurligini qayd etgan.

“Hukumatimiz o‘tgan yili “Birdamlik va tinchlik tashabbusi”ni e’lon qilgan, unga asosan mamlakatimiz Ukrainani qayta tiklash va tinchlikka qaytishga harakat qilmoqda”, deydi Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri bayonotida.

Shuningdek, Vazir G20 mamlakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga, birinchi navbatda, Koreya yarimoroli va sayyoramizda tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi Shimoliy Koreyaning yadroviy raketa dasturi, uning provokatsiyalari, harbiy harakatlariga qat’iy chora ko‘rilishini so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT barcha yirik gumanitar tashkilotlarni  qamalda qolgan G‘azo aholisiga yordam berishga chaqirgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya Cho Tae Yol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing