Janubiy Koreya termasi ustozi ishdan olindi

Sport

image

Futbol bo‘yicha 1990 yilgi jahon chempioni germaniyalik Yurgen Klinsmann Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etildi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati milliy terma jamoa futbolchilarining Osiyo kubogidagi omadsiz o‘yini, shuningdek, Klinsmann terma jamoadagi yetakchilik rolini yo‘qotgani uchunn uni ishdan bo‘shatgan.

Manbaga ko‘ra, Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Xyon Min va yarim himoyachi Li Kan In Iordaniya termasiga qarshi Osiyo kubogi yarim final uchrashuvi oldidan janjallashgan. Iordaniyaga qarshi bahsda Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Aynan mazkur sabablar oqibatida nemis mutaxassisiga chiqish eshiklari ko‘rsatilgan.

Klinsmann 59 yoshda va 2023 yildan buyon Janubiy Koreya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Faoliyati davomida u Germaniyaning “Bavariya” va “Gerta”, AQSH va Germaniya terma jamoalari bosh murabbiyi bo‘lgan. Klinsman boshchiligida nemislar 2006 yilgi Jahon chempionatida o‘z uylarida 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2013 yilda Amerika terma jamoasi KONKAKAF oltin kubogini qo‘lga kiritgan.

Klinsmann futbolchilik faoliyati davomida Germaniyaning “Bavariya”, “Shtutgart”, Italiyaning “Inter” va “Sampdoriya”, Angliyaning “Tottenxem” klublarida o‘ynagan. U ikki marta UEFA kubogini qo‘lga kiritgan. Germaniya terma jamoasi tarkibida Klinsmann jahon chempioni (1990) va Yevropa chempioni (1996) bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yurgen Klinsmann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing