Janubiy Koreya sobiq prezidenti 5 yilga qamaldi
Olam
−
16 yanvar 2093 2 daqiqa
Seulning Markaziy tuman sudi Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolni 2024 yil dekabrida joriy qilgan harbiy holat bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha besh yilga qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Bu sobiq prezidentga nisbatan chiqarilgan birinchi hukmdir. OAV ma’lumotiga ko‘ra, prokuratura unga jami 10 yil qamoq jazosi so‘ragan: 5 yil – hibsga qarshilik uchun, 2 yil – harbiy holat farmonini qayta ko‘rib chiqish uchun va 3 yil – vazirlar kabineti a’zolarining muhokama huquqlarini buzish, xorijiy ommaviy axborot vositalariga yolg‘on ma’lumot tarqatish va dalillarni yo‘q qilish uchun.
Ma’lumot uchun, Yun Sok Yol Janubiy Koreyada qamoqda saqlangan holda ayblov e’lon qilingan ilk amaldagi prezident bo‘ldi. U sobiq mudofaa vaziri va boshqa shaxslar bilan til biriktirib, konstitutsiyaviy tuzumni izdan chiqarish maqsadida isyon uyushtirishda ayblanmoqda.
2024 yilning 3 dekabr kuni Yun Sok Yol favqulodda murojaat bilan chiqib, mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e’lon qilgan. U bu qarorni “Shimoliy Koreyaga moyil, davlatga qarshi kuchlarga qarshi turish zarurati” bilan izohlagan. Konservatorlar bu atama bilan Shimoliy Koreya bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlovchi “Toburo” muxolifat partiyasini nazarda tutadi. Keyinchalik Milliy Assambleya bu qarorni bekor qilib, Yunni lavozimidan chetlatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokurorlar Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolga mamlakatda noqonuniy harbiy holat joriy etgani uchun o‘lim jazosini so‘ragandi.
Live
Barchasi