Janubiy Koreya Prezidentining reytingi rekord darajada tushib ketdi

Olam

image

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etishga uringanidan so‘ng uning reytingi rekord darajada past ko‘rsatkich – 13 foizga tushdi. Bu avvalgi haftaga nisbatan uch foizga kam. Bu haqda “Gallup” ijtimoiy so‘rovlar kompaniyasining Janubiy Koreya bo‘limi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, salbiy baholar darajasi 75 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich Prezident Yun boshchiligidagi ma’muriyat 2022 yil may oyida hokimiyatga kelganidan beri eng yuqori darajaga yetgan. So‘rov qatnashchilarining 19 foizi iqtisodiy sabablar tufayli, 16 foizi esa harbiy holat masalasi tufayli vaziyatni salbiy baholagan.

So‘rov mamlakat bo‘ylab 3-5 dekabr kunlari 18 yoshdan oshgan 1001 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalarining aniqlik darajasi 95 foiz bo‘lib, so‘rov xatosi 3,1 foiz deb baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Yun Sok Yol Mudofaa vaziri Kim Yon Xyongning iste’fo arizasini qabul qilgandi. Vazir 3 dekabr kuni Prezidentga harbiy holat e’lon qilishni maslahat bergan edi, lekin parlament ovoz berib, bu qarorni bekor qildi. Keyinchalik Prezident ham parlamentning qarorini qabul qilgandi.

Muxolifat 4 dekabr kuni parlamentning tegishli qo‘mitasiga Prezident, Mudofaa vaziri va Ichki ishlar va Xavfsizlik vaziriga nisbatan impichment e’lon qilish taklifini kiritgan. “Toburo” partiyasi Prezidentni davlatga xiyonat qilishda ayblashga erishishini va’da qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing