Janubiy Koreya Prezidenti O‘zbekistonga kelyapti
Olam
−
09 aprel 2019
9295Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In joriy yilning 18-21 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Koreya Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Mun Chje In Markaziy Osiyoning uch mamlakatiga tashrif buyurishi redjalashtirilgan. U 16-18 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasida bo‘ladi. O‘zbekistondan keyingi tashrif – 21-23 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshiriladi.
“O‘zbekistonda Mun Chje In prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga qilgan davlat tashrifi davomida strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish, iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda 10 milliard dollardan ziyod shartnomalar imzolangandi.
LiveBarchasi