Yana bir Prezident koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In koronavirusga qarshi AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyatiga asoslanib xabar berilgan. 

Xabar qilinishicha, Janubiy Koreya rahbari bilan birga uning rafiqasi va Hukumatning to‘qqiz a’zosi koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan. 

Emlash jarayoni Prezident qarorgohi yaqinida joylashgan Seul markazidagi tuman poliklinikasida amalga oshirilgan. 

Qayd etilishicha, Mun Chje In joriy yil 11-13 iyun kunlari Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga borishga tayyorgarlik doirasida koronavirusga qarshi emlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, 18 mart kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili ham koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga ham 660 ming doza COVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mun Chje In

Baholaganlar

60

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing