Mirziyoyevga Koreyadan taklif keldi
Jamiyat
−
10 avgust 2019
11749Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshliq parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasini qutlar ekan, joriy yil aprel oyida O‘zbekistondagi iliq va samimiy qabul uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yana bir bor o‘z minnatdorligini bildirdi.
Mun Chje In O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va yangilanishlarga yuqori baho berdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda faol rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va ishonchli aloqalar O‘zbekiston-Koreya munosabatlari alohida strategik sheriklikning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishiga zamin yaratdi.
Uchrashuvda Mun Chje In tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilayotganini, O‘zbekistonda ularni amalga oshirish uchun monitoring guruhi tashkil etilganini ta’kidlab, bu borada yuzaga keladigan barcha masalalarni shaxsan o‘zi hal etishga tayyor ekanini bildirdi.
O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashayotganligini ta’kidlar ekan, Koreya yetakchisi O‘zbekistonda koreys millati vakillariga ko‘rsatilayotgan iliq munosabat uchun O‘zbekiston xalqiga yana bir bor o‘z tashakkurini izhor qildi.
Uchrashuv yakunida Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga chuqur hurmati va ehtiromini izhor qildi, o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga umid bildirdi va Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga tashrif buyurishini taklif qildi. Bu, shubhasiz, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga turtki beradi.
LiveBarchasi