Janubiy Koreya prezidenti so‘roq qilinadi

Olam

image

Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol joriy yilning 18 dekabr kuni maxsus tergovchilar guruhi tomonidan so‘roqqa chaqiriladi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari Prezident qarorgohiga borib, unga so‘roq uchun chaqiruv qog‘ozini topshirgan.

Ma’lumot uchun, Yun Sok Yolga nisbatan konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish maqsadida isyon uyushtirish gumoni bilan tergov olib borilmoqda. 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol Shimoliy Koreyaga aloqador elementlar va parlament muxolifati harakatlari sabab yuzaga kelgan ijro hokimiyati faoliyatidagi falajlikka qarshi kurash maqsadida harbiy holat joriy qilgandi. Ammo bu holat taxminan olti soat ichida bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni mamlakat parlamenti Yun Sok Yolga impichment e’lon qildi. Shu tufayli uning vakolatlari to‘xtatib qo‘yilgan. Endilikda Konstitutsion sud impichmentni tasdiqlash yoki Yun Sok Yolni lavozimiga qaytarish masalasini hal qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing