Janubiy Koreya KXDRdan himoyalanish uchun Isroil tutgan yo‘ldan bormoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Janubiy Koreyada mamlakatni Shimoliy Koreya artilleriyasining ehtimoliy zarbasidan himoya qilish uchun tutish tizimi — Isroilning “Temir gumbaz” analogi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Mudofaa vaziri So Uk boshchiligidagi Mudofaa loyihalarini targ‘ib qilish qo‘mitasi 2022 yilda ishga tushirilishi va 2035 yilgacha yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan 2,89 trillion vonlik (2,56 milliard dollar) loyihani ma’qullagan. 

Loyiha Janubiy Koreyaning o‘z texnologiyalaridan foydalanib, dushmanning uzoq masofali artilleriya tahdidlariga qarshi turish va asosiy ob’ektlarni, harbiy infratuzilmani va xavfsizlik infratuzilmasini himoya qilish qobiliyatini oshirish uchun tutuvchi tizimni qo‘lga kiritishga qaratilgan. 

“Temir gumbaz” qisqa masofaga uchadigan raketalar, artilleriya snaryadlari va uchuvchisiz uchish vositalari kabi kiruvchi tahdidlarni aniqlash va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR ikki mamlakatni ajratib turuvchi demarkatsiya chizig‘i yaqinida mingga yaqin artilleriya qurollarini joylashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

400

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing