Janubiy Koreya askarlari KXDR chegarasida o‘q uzdi
Olam
−
23 avgust 2025 6153 1 daqiqa
Joriy yilning 19 avgust kuni Janubiy Koreya Qurolli kuchlari KXDR bilan chegarada ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda Shimoliy Koreya armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Ko Chon Chxol ma’lum qildi.
“Koreya Respublikasi armiyasining telba harbiylari jiddiy provokatsiya qildi: bizning harbiy xizmatchilarimiz janubiy chegara chizig‘i yaqinida doimiy to‘siqlar qurish bilan shug‘ullanayotganida, ularga javoban 12,7 millimetrlik yirik kalibrli pulemyotdan 10 martadan ortiq ogohlantiruvchi o‘q uzishdi”, deydi Ko Chon Chxol.
Shimoliy koreyalik generalning qo‘shimcha qilishicha, Janubiy Koreya AQSH bilan birgalikda harbiy mashg‘ulotlarni boshlaganidan keyingi kuni chegarada ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat armiyasining mashg‘ulotlari mintaqadagi kuchlar muvozanatini buzmoqda.
NK News xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi mamlakatning chegaradagi qo‘shinlari 19 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘q uzganini tasdiqlagan. Bildirilishicha, o‘q Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari qurilish ishlarini olib borayotib, demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgach otilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash niyati yo‘qligini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025