Janubiy Koreya “arvoh orol” masalasida UNESCO’ga talab qo‘ydi
Olam
−
22 iyun 2020
10140Janubiy Koreyaning Madaniyat, sport va turizm vazirligi UNESCO’ga Sharqiy Xitoy dengizidagi Xasima orolini Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatidan chiqarib tashlashni talab qilib xat yo‘llamoqchi. Bu haqda hukumat doiralaridagi manbalarga asoslanib, “Renxap” agentligi ma’lum qilmoqda.
Buning sababi, Janubiy Koreya tomonining fikriga ko‘ra, Yaponiya 2015 yilda 23 sanoat ob’ektida Ikkinchi Jahon urushi paytida majburiy mehnat qurbonlari xotirasini munosib ravishda sharaflash haqidagi va’dasini buzgan. O‘sha paytda rasmiy Seul ushbu ob’ektlarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishiga qarshi keskin gapirgan edi. Chunki ulardan yettitasida chet elliklarning, xususan, koreyslarning tekin mehnatidan foydalanilgan. Keyin Tokio "har bir ob’ektning to‘liq tarixi"ni aks ettirishga va ishchilarga yodgorlik o‘rnatishga va’da berdi.
O‘tgan haftada Tokioda Meydzi restavratsiyasi davrida sanoat ob’ektlari, shu jumladan, Gunkanjima nomi bilan tanilgan va “kreyser” degan ma’noni anglatuvchi Xasima oroli haqida ma’lumot beruvchi axborot markazi ochildi.
Janubiy Koreyaning fikriga ko‘ra, ochilgan markazda taqdim etilgan Xasima oroli to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat tarixiy haqiqatni to‘liq aks ettirmaydi, balki "majburiy mehnat muhojirlari boshidan kechirgan sinovlarni e’tiborsiz qoldiradi yoki yashiradi".
Xasima oroli hozirda “arvoh orol”ga aylangan. Unda ko‘mir konlari qurilgani sabab, uzoq vaqt butun orolga tashrif buyurish taqiqlangan edi. 2009 yildan beri bu yerga sayohatlar tashkillashtirila boshlandi. Ammo yo‘nalish qat’iy cheklangan bo‘lib, odatda orol ichigacha kirib borish taqiqlanadi.
LiveBarchasi