Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi turi xavflari aytildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Hukumatining yangi va paydo bo‘layotgan respirator virus tahdidlari bo‘yicha maslahat guruhini boshqaruvchi professor Piter Xorbi Janubiy Afrikadagi koronavirus shtammi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan. 

U paydo bo‘lgan mutatsiyalar SARS-CoV-2 ni yanada yuqumliroq holga keltirishi va antitanalarning virusni zararsizlantirish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning yangi shtammi qayta kasallanish xavfini oshiradi, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinalar ham u qadar samarali bo‘lmaydi. 

Xorbi, shuningdek, ushbu natijalarni laboratoriyada qo‘shimcha tekshirilishi kerak bo‘lgan tarkibiy ma’lumotlar bilan tasdiqlashini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 18 dekabrda Janubiy Afrikada koronavirusning yangi turi aniqlangandi

Shuningdek, koronavirusning yana bir boshqa yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagan. 

Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatgan


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Janubiy Afrika

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing