Janubiy Afrikada 10 yildan beri ilk bor qor yog‘di (foto+video)
Olam
−
11 iyul 2023
6160Kecha, 10 iyul kuni Janubiy Afrikaning eng yirik shahri Yoxannesburgda qor yog‘di. Bu haqda BBC xabar berdi.
Keltirilishicha, janubiy yarimsharda hozirda qish fasli hukm surmoqda. Oxirgi marta bu yerda 10 yil oldin qor yog‘gan.
Rasmiylar Janubiy afrikaliklarga iliqroq kiyinishni maslahat bermoqda, chunki sovuq front mamlakatning katta qismini qamrab olgan va u kamida bir hafta chekinmasligi aytilmoqda.
Mamlakat gidrometereologiya xizmati hozircha qor yog‘ishi katta muammolarni keltirib chiqarmayotganinini ma’lum qilgan.
Yoxannesburg aholisi qor bilan qoplangan ko‘chalarga maftun bo‘lib qolganga o‘xshaydi, bu ularning kengliklarida kam uchraydigan manzara.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Afrikaning bir qator viloyatlarida, shu jumladan Sharqiy Keyp, Mpumalanga va Yoxannesburg va Souetoni o‘z ichiga olgan Gauteng mintaqasida qor yog‘gan.
Meteorologlar fermerlarga sovuq havoda, ayniqsa, muhim bo‘lgan chorva mollari uchun mos issiq joylarni topishni maslahat bergan.
LiveBarchasi