Qashqadaryoda qor yog‘di
Bu qiziq
−
16:58 2568 1 daqiqa
Bugun, 4 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasining yuqori hududlarida qor yog‘di. Hududda havo keskin sovib ketgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
(8).png)
Qayd etilishicha, qo‘riqxonaning Miraki va G‘elon bo‘limlari yuqori hududlari qor bilan qoplangan. Shuningdek, “Hisor” davlat qo‘riqxonasida havo keskin sovishi kuzatilgan.
.png)
Ma’lumot uchun, “Hisor“ davlat qo‘riqxonasi 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida “Hisor” tizmasi shimoli-g‘arbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarini asl holicha saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini o‘rganish, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish hamda yovvoyi tabiatdagi noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan. Qo‘riqxona G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan iborat.
.png)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududida kuchli do‘l yoqqan edi.
Live
Barchasi