Jangarilar Suriyaning Dar’a shahrini ham egalladi
Olam
−
07 dekabr 2024
3891“Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Suriya janubidagi Dar’a viloyati ma’muriy markazi va viloyatning katta qismini o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda “Asharq Al Awsat” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar hukumat kuchlari bilan Dar’a shahridagi (Damashqdan 110 km uzoqlikda joylashgan) harbiylar va davlat xavfsizlik organlari xodimlarini xavfsiz chiqib ketishiga imkon beruvchi kelishuvga erishgan. Jangarilar qo‘liga janubiy mintaqadagi boshqa aholi punktlari, jumladan, Damashqdan 50 km uzoqlikda joylashgan muhim Ezraa shahri ham o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyaning hukumat kuchlari 2018 yil iyul oyida Dar’a viloyati va Iordaniya bilan chegara hududida joylashgan “Nasib” nazorat-o‘tkazish punktini qaytarib olgan. Bu o‘shandagi “Suriya ozod armiyasi” deb atalgan muxolif kuchlar kapitulyatsiya shartlariga rozi bo‘lganidan so‘ng amalga oshgan.
“Al Hadath” telekanali xabariga ko‘ra, hozirda suriyalik harbiylar janubdagi El-Kunaytra viloyatidagi El-Baos shahridan chiqib ketishni boshlagan. Bu shahar Damashqdan 40 km uzoqlikda joylashgan.
Shuningdek, janubiy Suriyaning Es-Suveyda shahrida tartibsizliklar yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan. Bu shaharda asosan tog‘lik guruhlar yashaydi. Mahalliy qurollangan faollar politsiya boshqarmasi va shahar qamoqxonasiga hujum qilgan, to‘qnashuvlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya janubidagi Dar’a viloyatida “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Prezident Bashar Asad rejimi kuchlariga qarshi jangga kirishgandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar