Jamshid Qo‘chqorovga faxriy unvon berildi
Jamiyat
−
19 Oktabr
7306O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu unvon vazirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakat mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, O‘zbekiston taraqqiyoti va xalq farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyati uchun berilgan.
Ma’lumot uchun, Jamshid Qo‘chqorov 1964 yil 19 oktyabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2020 yil 24 yanvar kuni sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri etib tayinlangan. 2017-2020 yillarda Bosh vazirning makroiqtisodiy tahlil va bashorat qilish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Moliya vazirligini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 3 avgust kuni Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi