O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollarga yetdi – Jamshid Qo‘chqorov
Jamiyat
−
06 Sentabr
78692024 yilning I yarmida O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 37 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Kecha, 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida vazir tomonidan mamlakatning qarzlari haqida ham ma’lumot berildi. Qo‘chqorovga ko‘ra, joriy yilning dastlabki yarmida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 33,2 foizini tashkil qilgan.
“Hisobot davrida davlat qarzining qoldig‘i qariyb 37 milliard dollar bo‘lib, shundan davlat tashqi qarzi 30,9 milliard dollar, ichki qarzi 6,1 milliard dollarga yetdi”, deydi vazir.
Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotiga tayanib aytishicha, hozirda O‘zbekistonning davlat qarzi mo‘tadil darajada. Joriy yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston nomidan davlat kafolati ostida jami 2,8 milliard dollarlik tashqi qarz shartnomalari imzolangan. Shuningdek, davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, 2024 yilda so‘ndiriladigan xalqaro obligatsiyalarni qayta moliyalashtirish maqsadida jahon moliya bozorlariga 1,5 milliard dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, mamlakat davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2024 yilda 37 foiz, 2025 yilda 37,4 foiz, 2026 yilda 37,9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2024 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 100 milliard dollardan, 2025 yilda 125 milliard dollardan, 2026 yilda 140 milliard dollardan ortishi taxmin qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2024 yil 1 yanvar holatiga 34,9 mlrd AQSH dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,4 foizni tashkil etgandi. O‘shanda davlat tashqi qarzi – 29,6 mlrd AQSH dollari, davlat ichki qarzi – 5,3 mlrd AQSH dollar edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr