Jamoat transportiga oid tariflar qayta ko‘rib chiqiladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
4612Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda avtomobil va jamoat transporti sohasida ham muayyan kamchiliklar borligi tilga olindi.
Aholiga qulay va sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishlar uchun ochiq tenderlar o‘tkazish, jamoat transportiga oid tarif va tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, raqamlashtirish lozimligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash masalasiga ham to‘xtalib, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tez fursatlarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Transport vazirligi huzuridagi nazorat organlarining ish uslubi eskicha ekani ko‘rsatilib, ularning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilar yig‘ilishda qayd etilgan muammolarni hal etish va ustuvor vazifalarni bajarish rejalari yuzasidan axborot berdi.
LiveBarchasi