Jalolov ham finalda!

Sport

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Kechki dasturning so‘nggi jangi eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ishtirokida kechdi.

O‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Maksim Babaninga qarshi ringga ko‘tarildi. Xuddi chorak finalda bo‘lgani kabi Jalolov bu gal ham o‘zining chiroyli g‘alabasi bilan kechaning yuqori nota yakunlanishiga sababchi bo‘ldi.

Shu tariqa terma jamoaning 4 nafar vakili ertaga, 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final bellashuvlarida jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar nomini yana bir karra yodga olib o‘tamiz:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made